Viloyat hokimi "Huawei Tech. Investment Tashkent" ta‘sischisi Chenь Szyakayni qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov "Huawei Tech. Investment Tashkent" ta‘sischisi Chenь Szyakay boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda ushbu kompaniya tomonidan Farg‘onada axborot texnologiyalari yo‘nalishida hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, energetika, ta‘lim sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bunda oliy ta‘lim muassasalaridagi o‘qituvchi va talabalarni axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish kurslarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun Xitoyga yuborish bo‘yicha rejalar ma‘lum qilindi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi a‘zolari hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda

Qo‘qon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda.

Qo‘qon davlat universitetining yangi rektori jamoaga tanishtirildi

