Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
111
15
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3832024-11-09 20:28

Viloyat ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165726001.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165745713.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165746137.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165746213.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165746669.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165747587.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165749541.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165750592.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165752903.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731165754567.jpg

Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlari xodimlari yurtimizda osoyishtalikni ta‘minlash yo‘lida tunu kun xizmat vazifalarini kasbiga sadoqati bilan o‘tab kelmoqdalar. Ular xizmatlarini yuqori darajada bajarishlari uchun esa eng zamonaviy texnikalar bilan ta‘minlanib kelinmoqda.

Viloyat xokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg‘ona shahrida bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat rahbariga tizimda xavfsiz hudud tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berildi. Jarayonlar bilan tanishish paytida viloyat rahbariga yangi foydalanishga topshirilgan kiberxavfsizlik laboratoriyasi, bu erga o‘rnatilgan zamonaviy texnologiyalar va ularning ishlash imkoniyatlari haqida tanishtirilib, taqdimot o‘tkazildi. Farg‘ona shahar bo‘yicha IIO FMB kuzatuv-tahlil markazi hamda yangi ta‘mirdan chiqarilgan viloyat 3-sektor shtabi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish uchun shaxsiy tarkibga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Buni birgina soha vakillarini imtiyozli uy joylar bilan ta‘minlash borasidagi xayrli ishlarda ko‘rish mumkin.

Viloyat ichki ishlar tizimi xodimlariga yangi xonadonlar topshirildi.

Yangi uylarni topshirish marosimida viloyat rahbari xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘z xizmat burchi deb bilgan faol va fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Farg‘ona shahar IIO FMB hududiga qurilgan ko‘p qavatli uydan 47 nafar yangi xonadon sohiblariga 2 va 3 xonali shinam uylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir ishtirokchilari xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan suhbatlashildi, yangi uylarda yaxshi kunlar va to‘ylar ko‘p bo‘lishini so‘rab ezgu duolar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 14.11.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft