Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
2
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2902024-11-13 12:43

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasini JSTga a‘zo bo‘lishi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731483759564.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731483765283.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731483776349.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731483782185.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731483786055.jpg

Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasini Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a‘zo bo‘lishi masalalariga bag‘ishlangan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizdagi tadbirkorlar, klasterlar, eksportyor korxonalar rahbarlari, fermerlar ishtirok etdi.

Uchrashuvni viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov ochdi hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan Jahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‘lish yo‘lidagi sa‘y-harakatlar qat‘iy davom ettirilayotganligini bildirdi.

Jahon bankini loyiha kordinatori Otabek Mansurov bugungi kunda mamlakatimizda JSTga a‘zo bo‘lish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, rejalar haqida taqdimot qildi.

Ma‘lumki, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga a‘zo mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali a‘zo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta‘minlash va insonlar turmushini yaxshilashdan iboratdir.

Aytish kerakki, tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirishda Jahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‘lish yanada keng imkoniyatlar ochadi. Shu bois, O‘zbekiston 2019 yildan bu xalqaro tuzilmaga a‘zolik jarayonini boshlagan edi. O‘tgan davrda bu maqsad sari dadil qadamlar qo‘yildi hamda amaliy ishlar davom etmoqda.

Uchrashuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 21.11.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft