Iste‘molchilarga yoqilg‘i–energetika resurslarini barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda



Viloyatimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniga etkazilayotgan bo‘lib, iste‘molchilarga yoqilg‘i–energetika resurslarini barqaror etkazib berishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Aholiga va ijtimoiy soha ob‘ektlariga kuz-qish davri uchun jami 456675 tonna (aholiga 300 000 tonna, byudjet tashkilotlariga 156 675 tonna) ko‘mir jamg‘arish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda “Ko‘mir ta‘minot” MChJ Farg‘ona viloyat filialiga qarashli 8 ta ko‘mir omborlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida aholini ko‘mir bilan ta‘minlash borasidagi ishlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Aholiga bir kg ko‘mir narhi 309,8 so‘m. Viloyatdagi chekka hududlar - Farg‘ona tumani Shohimardon va Yordon, Beshariq tumanidagi Vorrux Dasht, Rishton tumanidagi Cho‘ng‘ara MFY va So‘x tumani aholisiga hozirga qadar 7143 tonna ko‘mir etkazib berildi. So‘x tumani aholisi va ijtimoiy sohalariga ko‘mir yoqilg‘isini etkazib berishda 11 ta yuk tashish avtotransportlari tashkil etilgan. Marg‘ilon ko‘mir ombori bu yilgi qish mavsumi uchun 43 ming tonnadan ziyod ko‘mir etkazib berishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar aholiga 27 ming tonnadan ortiq ko‘mir etkazib berilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





