Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan.
Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘i
Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan. Sher, ayiq, to‘ng‘iz kabi hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Shuningdek, bog‘da tog‘ qo‘yi, tog‘ echkisi, Afrika tuyaqushi, lama, maxsus hovuzlarda g‘ozlar, noyob baliqlar bor.
Mazkur hayvonot bog‘i 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning maydoni 3,2 gektarga teng. Bugungi kunda maskanda turli o‘lkalardan keltirilgan 70 turdan ortiq 700 bosh hayvon va turli xildagi qushlar parvarish qilinadi. Bu erda jonivorlar uchun tabiiy boshpanalar qurilib, yashash uchun sharoit yaratilgan.
Amur yo‘lbarsi, qo‘ng‘ir ayiq, lama, poni, Afrika sheri, Kanada bo‘risi, kenguru, dengiz cho‘chqachasi kabi yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan jonivorlarni uchratish mumkin. So‘nggi yillarda hayvonot bog‘ida sudralib yuruvchilar, maymunlar, noyob turdagi jonivorlar ko‘paytirildi. Bundan tashqari, turli qushlar, dinozavr skeleti ushbu muassasaga tashrif buyurgan mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona shahrida Farg‘ona-Yaponiya ikkinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Farg‘onada Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar bilan uchrashdi