Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
2
1
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3452024-11-14 07:00

Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731549532581.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731549548813.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731549553203.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731549556676.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731549560343.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1731549569694.jpg

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili hamda kelgusi yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Muxtorxon Toshxo‘jaev, viloyat sektorlari rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Tuman va shahar hokimlari va ularning mas‘ul o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari hududiy studiyalarda videokonferensiya aloqasi orqali qatnashdi.

Yig‘ilishda viloyatimizda ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
 
Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borilgan ishlar, etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalar ijtimoiy himoyasi, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha mas‘ullarning axboroti ham tinglandi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shahar va tuman hokimlari so‘z olib, qayd etilgan masalalarni qisqa fursatda hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanishi hamda ijrosi ta‘minlanishini bildirishdi.

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tizimli ish tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 21.11.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft