Viloyat ichki ishlar boshqarmasining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Ichki ishlar organlari xodimlari xalq bilan hamnafas xizmat olib boradigan, o‘zgalar xotirjamligi uchun o‘z xalovatidan kechgan fidoyi kasb egalaridir. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil topganiga 33 yil to‘ldi.
Soha xodimlarining kasb bayrami esa joylarda katta ko‘tarinkilikda nishonlanmoqda.
Farg‘ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida viloyat ichki ishlar boshqarmasining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Hayrullo Bozorov ishtirok etib, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarni, faxriylarni kasb bayrami bilan samimiy qutladi.
Shundan so‘ng tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kasb bayrami munosabati bilan Davlatimiz rahbarining farmoniga ko‘ra, ikki nafar farg‘onalik yurt posbonlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan edi.
Tadbirda ushbu unvonlar, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini ta‘minlash borasida namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari ham mukofotlandi.
El-yurt tinchligi yo‘lida o‘z jonidan kechib, xizmat paytida qahramonlarcha xalok bo‘lgan xodimlar nomi yod etilib, ularning oila a‘zolariga ehtirom ko‘rsatildi.
Bayram tadbiri viloyat IIB qoshida tashkil etilgan ansambl xonandalarining yurt posbonlarini sharaflovchi kuy va qo‘shiqlari, viloyatimizning taniqli san‘at namoyondalari tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar va go‘zal raqslari bilan yanada fayzli o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Bag‘rikenglik haftaligi: ezgu maqsadlar va orzularimiz mushtarak
Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasi vakillari viloyatimizda bo‘ldi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlarni qabul qildi