Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasi vakillari viloyatimizda bo‘ldi







Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasi vise prezidenti Amit Loxiya boshchiligidagi delegasiya viloyatimizda bo‘ldi.
Mehmonlarga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Habibjon Sirojiddinov hamrohlik qildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining kimyo, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida yirik investor va muhim texnologik hamkor bo‘lgan ushbu kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlanmoqda. Xususan, viloyatimizda kompaniya tomonidan yirik loyihalar amalga oshirildi va bu ishlar davom etmoqda.
Delegasiya a‘zolari dastlab "Indorama Kokand Fertilizer and Chemicals” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Sobiq Qo‘qon superfosfat zavodi moliyaviy sog‘lomlashtirish va diversifikasiya qilish maqsadida 2019 yilda Singapurning «Indorama Holdings BV» kompaniyasiga investisiya majburiyatlari bilan sotilgan edi. Uning negizida «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» korxonasi tashkil etildi. 70 million dollar xorijiy investisiya jalb etilib, ishlab chiqarish texnologiyalari modernizasiya qilindi. Ispaniya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Ispaniya va Rossiya davlatlarining etakchi kompaniyalaridan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Qo‘shimcha 150 ta ish o‘rni yaratildi.
2021 yilda modernizasiya ishlarining birinchi bosqichi doirasida ammoniylashgan superfosfat, suvda tez eruvchan kompleks mineral o‘g‘itlar, azot-fosfor-kaliyli (NPK) mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Zavod quvvati yiliga 75 ming tonnadan 450 ming tonnaga etkazildi.
Korxona yiliga 30 million dollar mahsulotni eksport qilish quvvatiga ega. Bugungi kunda MDH, Evropa, Afrika va Osiyoning 16 davlatiga mineral o‘g‘itlar eksport qilinmoqda.
Korxona izchil rivojlanmoqda va keyingi bosqichlar bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Ikkinchi bosqich doirasida 50 million dollar investisiya o‘zlashtirildi. Shveysariya, Germaniya, Hindiston, Xitoy va Italiyadan zamonaviy texnologik uskunalar keltirib o‘rnatildi. Ushbu bosqichda yiliga 24 million dollarlik kaliy sulьfat, sulьfat kislotasi va ammoniy-xlorid o‘g‘itlari ishlab chiqariladi. 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Uchinchi bosqich ishlari 2025-2028 yillarda amalga oshiriladi. Unda mono va dikalьsiy fosfat, kaliy-nitrat, azot-fosfor-kaliyli kompleks mineral o‘g‘it, kalьsiy xlorid, mono ammoniy fosfat, mono kaliy fosfat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati – 100 million dollar. 235 ta ish o‘rni yaratiladi.
Mehmonlar bu erda amalga oshirilayotgan loyihani ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, delegasiya a‘zolari kompaniya homiyligi asosida ta‘mirlangan bolalar shifoxonasida ham bo‘ldi.
"Indorama Corporation” kompaniyasining viloyatimizdagi ilk loyihasi bo‘lgan “Indorama Kokand Textile” korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan jahon bozorida xaridorgir. Mehmonlar bu korxonada bo‘lib, ish jarayoni bilan tanishildi.
"Indorama Corporation” kompaniyasi delegasiyasi a‘zolari “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. Bu erdagi amalga oshirilayotgan modernizasiya loyihalarini ko‘zdan kechirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahridagi Mustaqillik shaharchasining bosh rejasiga asosan ikkinchi bosqichdagi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda

Marg‘ilon shahridagi “Ipakchi” MFYda Renovatsiya dasturi asosida ko‘p qavatli uylarning qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda

Ijodkorlar bog‘ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi

Marg‘ilon shahridagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markaziga ajratilgan 36 gektar hududning uchdan bir qismi yashil park bo‘lishi loyihalashtirilgan

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 30 nafar xodimlariga Farg‘ona shahrida bunyod etilgan yangi uylar topshirildi

Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi