Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlarni qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Zhongke Shangsheng New Energy Vehicle” kompaniyasi rahbari Li Min boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyatimiz hududida besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyatimizda zamonaviy mehmonxonalarga talab ortib borayotganligini ta‘kidlagan viloyat hokimi, bu boradagi istiqbolli loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini ma‘lum qildi. Muloqot davomida xitoylik investorlar mehmonxona uchun maqbul joylarni ko‘zdan kechirishlari va loyihaning aniq konsepsiyasi hamda uni amalga oshirishning reja-jadvali ishlab chiqilgach, yaqin kunlarda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





