Farg‘ona viloyati va Chungchongnam-do provinsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda










Farg‘ona viloyati va Chungchongnam-do provinsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat rasmiylari hamda turli sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, yirik kompaniyalar rahbarlaridan iborat katta delegatsiya Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida Chungchongnam-do provinsiyasiga keldi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilgan bo‘lib, bu ikki davlat rahbarlarining qat‘iy siyosiy irodasi tufayli mustahkamlanmoqda. Joriy yilning 13-15-iyun kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekistonga tashrifi alohida strategik sheriklik munosabatlariga yanada kuchli turtki berdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Janubiy Koreya bilan yuksak darajada hamkorlik olib borayotgan yagona mamlakat hisoblanadi. Albatta, bu kabi munosabatlar hududlararo hamkorlikni o‘rnatishda muhim o‘rin tutmoqda.
Farg‘ona viloyati - Chungchongnam-do provinsiyasi o‘rtasida bugungi kunda do‘stona va ishonchli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning may oyida mazkur provinsiya gubernatori boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizda bo‘lib, samarali kelishuvlarga erishildi.
Bu galgi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining tashrifi esa hamkorlikning ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyani Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori Kim Tae Xeum rasmiy qabul qildi.
Dastlab viloyat rahbari faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.
Qabulda O‘zbekiston-Koreya munosabatlarining yangi davrida ikki hududning hamkorligi yanada faollashayotgani, bunda delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari muhim o‘rin tutayotganligi qayd etildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston va Janubiy Koreyani katta masofa ajratib tursada, ikki davlatni mustahkam do‘stlik rishtalari, xalqlarimizning tarixiy, ma‘naviy yaqinlik bog‘lab turishini ta‘kidladi. Chungchongnam-do provinsiyasi bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, birodarlashgani bugungi kunda yanada aloqalarni faollashuviga xizmat qilayotganini bildirdi.
Tashriflar chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning istiqbollari hamda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, ta‘lim hamda boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga e‘tibor qaratildi. Bunda provinsiyada Savdo uyining tashkil etilayotgani alohida e‘tirof etildi. "Aqlli" qishloq xo‘jaligi va issiqxonalarni tashkil etishda hamkorlik qilish, ikki hudud oliy o‘quv yurtlari bilan qishloq xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, mazkur provinsiya tadbirkorlarining Farg‘onada turistik majmuasini tashkil etishga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Yong Xin” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan harbiy-ma‘muriy sektor "yo‘l xaritasi"da amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvaytning “Ebla international” kompaniyasi rahbari Hilal Arnaut boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

Farg‘onada harbiy xizmatchilar uchun o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi

Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

Milliy armiyada xizmat qilish muqaddas burch va sharafdir