Farg‘ona - Chungchongnam-do investitsiya va savdo vakolatxonasi ochildi
Farg‘ona - Chungchongnam-do investitsiya va savdo vakolatxonasi ochildi
Viloyat delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida Chungchongnam-do provinsiyasi Asan shahrida investitsiya va savdo vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning may oyida viloyatimizga tashrifi chog‘ida mazkur vakolatxonani ochishga kelishilgandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov investitsiya va savdo vakolatxonasini tashkil etishda yordam berganlarga o‘z minnatdorligini bildirdi. Janubiy Koreya O‘zbekistonning uzoq yillik hamkorlaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillardagi munosabatlar ancha istiqbolli bo‘layotganligini qayd etdi. Bu davrda ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo ikki barobarga oshib, bu ko‘rsatkich 7 mlrd. dollarni tashkil etganini ta‘kidlab o‘tdi. Ayniqsa, hududlararo munosabatlarni mustahkamlanib borayotganligi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini, bunda iqtisodiy aloqalar muhim o‘rin tutishi ta‘kidlandi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari yanada mustahkamlanib borayotganligini, mazkur investitsiya va savdo vakolatxonasi Farg‘ona va Chungchongnam-do o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengayishi, katta imkoniyatlar eshigini ochishiga xizmat qilishini bildirib o‘tdi.
Sun Moon universiteti prezidenti Son Je Mun, Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kim va boshqalar ham o‘z tabrigini bildirdi.
Son Moon universiteti qoshida tashkil etilgan vakolatxonaning ramziy lentasi qirqilib, sharoitlar bilan tanishildi. Bu yerda viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
Mazkur vakolatxonaning ochilishidan maqsad ikki hudud tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, hamkorlikni kengaytirish, eksportni rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Tadbirda Asan shahridagi Farg‘ona - Chungchongnam-do investitsiya va savdo vakolatxonasi va Sun Moon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyat hokimligida koreyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi