Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

282024-11-28 19:06

Viloyat delegatsiyasi Pyontek shahrida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda qator kelishuvlarga erishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802568582.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802574492.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802578793.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802582629.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802586127.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802590444.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802596547.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802599712.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802602863.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732802606329.jpg

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrifi davomida Pyontek shahrida bo‘lib, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda bir qator kelishuvlarga erishdi.

Ikki hududning rasmiylari, tadbirkorlari hamda kompaniyalar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Shahar meri Jong Chang Son, shahar Savdo-sanoat palatasi rahbari Kan-su Li Farg‘ona va Pyontek o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan aloqalar yangi bosqichda davom etayotganligini ta‘kidlab, hamkorlikdagi loyihalarning dastlabki jarayoniga kirishilganligini ma‘lum qilishdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Respublikasi O‘zbekiston uchun ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan doimiy hamkor ekanligini alohida ta‘kidlab, Pyontek va Farg‘ona viloyati o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik faollashayotganiga e‘tibor qaratdi. Barcha sohalarda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada jadallashtirish, iqtisodiy zonalarni tashkil etish hamda istiqbolli loyihalarni viloyatimizda amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi aytib o‘tildi. Koreyalik tadbirkorlarni viloyatga taklif qildi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov ikki hudud hamkorligini yuqori baholab, kelishuvlar samarali bo‘lishini, ishonchli va do‘stona munosabatlar yanada mustahkamlanishini ta‘kidladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Pyontek shahrining faxriy fuqarosi unvoni topshirildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Farg‘onaning investitsiyaviy salohiyati, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazdi.

Tadbirda Pyontekning yetakchi kompaniyalari va farg‘onalik tadbirkorlar bilan sanoat, savdo, energetika, ta‘lim kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi.

Yirik dengiz portiga ega bo‘lgan Pyontek shahri Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasida joylashgan. Ushbu shahar ulkan savdo-iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lib, jadal rivojlanmoqda. Yarim o‘tkazgichlar, vodorod iqtisodiyoti va kelajak avtomobillari sohalarining markazi hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.11.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft