Viloyat delegatsiyasi Chungchongnam-do provinsiyasidagi WooDeumGeeFarm korporatsiyasi faoliyati bilan tanishdi










Chungchongnam-do provinsiyasida joylashgan WooDeumGeeFarm Co., Ltd Janubiy Koreyaning yirik qishloq xo‘jaligi korporatsiyasidir.
Korporatsiya asosan aqlli fermalar asosida pomidor yetishtirish va tarqatish bilan shug‘ullanadi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi mazkur korporatsiyada bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi.
Korporatsiya direktori Yonbo Shim bilan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha ma‘lumot berildi. 8 gektar maydondagi issiqxonalarda yiliga 2 ming tonna cherri pomidorlari yetishtiriladi. E‘tiborli jihati, bu yerdagi pomidorlardan yil davomida hosil olinadi. Suv tejovchi hamda quyosh yorug‘ligi texnologiyalari o‘rnatilgan. Shuningdek, tabiiy energiyadan foydalaniladi. Oddiy yer maydonidan bu yerdagi hosildorlik olti barobar ko‘p. Kiritilgan investitsiya esa bir yilda o‘zini oqlab, yaxshi daromad olib kelinyapti.
Delegatsiya a‘zolari issiqxonalardagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, O‘zbekiston-Janubiy Koreya o‘rtasida bir qator ustuvor sohalarda hamkorlik yo‘nalishida “Aqlli” qishloq xo‘jaligini yaratishga texnologiyalarni jalb qilish, shu jumladan, agrar tarmoqni raqamlashtirish, "aqlli" va "yashil" texnologiyalarni joriy etish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Mamlakatimiz hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va bog‘dorchilik majmualarini barpo etish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.
Viloyat delegatsiyasining tashrifi esa mazkur yo‘nalishda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

Milliy armiyada xizmat qilish muqaddas burch va sharafdir

Olg‘a "Neftchi"! Biz birgalikda bitta kuchmiz!

Dolzarb bir oylik safarbarligi e‘lon qilindi

Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchiga uy sovg‘a qilindi

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi