Viloyatimizda “Ma‘rifat karvoni” ilmiy-ma‘rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Viloyatimizda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ma‘rifat karvoni” ilmiy-ma‘rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
TATU Farg‘ona filialida “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma‘rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi tashkil etildi. Unda poytaxtdan kelgan professorlar-o‘qituvchilar, targ‘ibotchilar ishtirok etdi.
“Ma‘rifat karvoni” tadbirlari doirasida yangi islohotlarning mazmuni, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ahamiyati va milliy-mafkuraviy g‘oyalar keng targ‘ib qilindi. Tadbirlarda buyuk ajdodlar merosini asrash va ommalashtirish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning milliy-mafkuraviy islohotlarini tushuntiruvchi muloqot platformalari yaratildi.
Viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan iqtidorli yoshlar, magistrantlar, doktorantlar hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashuv yangi tashabbus va g‘oyalarga boy bo‘ldi.
“Ma‘rifat karvoni” tadbirlari aholini, ayniqsa, yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularning milliy o‘zligini anglashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi