Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandong Weida Construction Machinery Co., Ltd kompaniyasi vakillarini qabul qildi





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandong Weida Construction Machinery Co., Ltd kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Dang‘ara tumanida xitoylik investorlar mablag‘lari hisobiga qurilishi rejalashtirilayotgan qurilish materiallari (gazoblok) ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha uchun 25 mln. dollar sarmoya kiritilayotgan bo‘lib, dastlabki bosqichda qurilish materiallari (gazoblok) ishlab chiqariladi. Keyinchalik binoni alohida xonalarga bo‘lish uchun mo‘ljallangan devorlar va qurilish kleylari ham ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha ishga tushishi natijasida 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Loyiha to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Ushbu qurilish materiallariga ichki va tashqi bozorda talab yuqori ekanligini qayd etgan viloyat hokimi, loyiha qo‘llab-quvvatlanishini va kerakli ko‘mak berilishini ma‘lum qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Berlin shahrida Farg‘ona-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Germaniya mehnat bozori uchun malakali mutaxassislar tayyorlanadi

Nemis ishbilarmonlari bilan Farg‘onada istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi



Farg‘onalik yoshlar kasbga o‘qitilib, Germaniyada ishlashi mumkin