Ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari oldida turgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha seminar yakunlandi
Farg‘onada Prezident Shavkat Mirziyoevning 2024 yil 18-20 noyabrь kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlari, shuningdek, “2025 yil - Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e‘lon qilishi munosabati bilan ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari oldida turgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari yakunlandi.
To‘rt kun davom etgan seminarda shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar ko‘plab yo‘nalishlarda bilim va malakalarini yanada mustahkamlashdi. Shuningdek, o‘quv jarayoni o‘zaro tajriba almashish, yangiliklar bilan tanishish, fikr almashishda o‘ziga xos muloqot maydoni bo‘ldi. Tinglovchilar o‘zlashtirilgan bilimlar bo‘yicha test sinovidan o‘tdilar.
O‘quv seminarning yakuniy tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov davlat xizmatchilari bilim va malakasini doimo mustahkamlab borishi, o‘z ustida izlanishi, dunyoqarashini o‘zgartirish kerakligini ta‘kidlab, bu borada mazkur seminarning ahamiyati katta ekanligini bildirdi. Har bir rahbar o‘z sohasida natijadorlik ko‘rsatishini, yangi rejalari bilan hudud rivojiga hissa qo‘shishini alohida qayd etib o‘tdi.
Seminarda ishtirok etgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi