Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

88852024-12-05 19:46

Qo‘qon shahrida "Charxiy" savdo markazi faoliyat boshladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733409098338.jpg

Qo‘qon shahrida "Charxiy" savdo markazi faoliyat boshladi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bayrami arafasida viloyatimizda yangi inshootlar, ishlab chiqarish korxonalari foydalanishga topshirilmoqda. Qo‘qonda shahar hamda atrof tumanlar aholisining madaniy hordiq chiqarishi uchun manzillar soni yana bittaga ko‘paydi. 10 ming kvadrat metr maydonga ega yirik "Charxiy" savdo markazi ish faoliyatini boshladi. Mazkur savdo markazidan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i, Korzinka supermarketlar tarmog‘i, restoran va kafelar, kiyim-kechak do‘konlari hamda bolalar uchun o‘yin maydoni o‘rin olgan. 4 qavatdan iborat savdo markazi qurilishiga investorlar tomonidan 200 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Savdo markazida 400 dan ziyod aholi doimiy ish o‘rinlari bilan ta‘minlandi. Ochilish marosimida yangi majmua aholi uchun munosib tuhfa bo‘lganligi ta‘kidlandi. Tadbir ishtirokchilari u erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft