Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

10612024-12-06 19:12

Farg‘onada Bosh qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494048349.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494053850.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494057288.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494061263.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494065848.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494070067.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494078737.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494088698.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494094791.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733494101551.jpg

Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, senator va deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat tashkilot va boshqarmalari rahbarlari, viloyat faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Bayram tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 8 dekabrь – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bilan viloyatimiz ahlini samimiy tabrikladi.

“Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bu yilgi bayram tadbirlari Bosh qomusimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirgani, har qanday davlatning yuzi, obro‘-e‘tibori mustahkam huquqiy poydevori – uning Konstitusiyasi hisoblanishi, Konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonun ekanligi qayd etildi.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 18-20 noyabrь kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida keyingi 5 yilda mamlakatimizda strategik yo‘nalishlardagi aniq vazifalar belgilab berildi, bu barchamiz uchun, ayniqsa, davlat idoralariga muhim dasturilamal bo‘ldi, desak yanglishmaymiz, - dedi viloyat hokimi o‘z so‘zida.

Bu yilgi saylovlar yangilangan Konstitusiya hamda takomillashtirilgan milliy saylov qonunchiligiga binoan o‘tkazilgan ilk saylov sifatida tarixga kirgani alohida qayd etildi.

Yangilangan Bosh qomusimiz insonni ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta‘minlashni jamiyatimiz uchun hayot qoidasiga aylantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi ta‘kidlandi.

Viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratganligi haqida so‘z yuritdi.

Bayram tantanalari viloyatimizning taniqli san‘at ustalarining katta gala-konserti bilan yanada fayzli o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft