Viloyat, tuman sektorlari rahbarlari "Ta‘lim homiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tomonidan viloyatimizda ta‘lim sohasining rivoji, xususan, ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirgan ishlari uchun bir guruh viloyat, tuman sektorlari rahbarlari "Ta‘lim homiysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.
Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiev so‘zga chiqib, viloyatda ta‘lim sohasiga qaratilayotgan katta e‘tibor, xususan, sektorlar rahbarlari tomonidan umumta‘lim maktablari, maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida amalga oshirilgan ezgu tashabbuslarni e‘tirof etdi.
Joriy yilda 18 ta maktab va 12 ta bog‘chalarda homiylik mablag‘lari hisobiga qurilish-ta‘mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilgani ta‘kidlab o‘tildi.
Viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov, viloyat prokurori o‘rinbosari Akmaljon Hasanov hamda Oltiariq tumani prokurori Rustamjon Tillaevga "Ta‘lim homiysi" ko‘krak nishoni topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyatdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi