Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi amaliy tashrifi davom etmoqda



Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi amaliy tashrifi davom etmoqda.
Szinan shahrida Shandun provinsiyasi xalqaro savdoga ko‘maklashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda xitoylik tadbirkorlar ishtirokida Farg‘onada infratuzilma va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida Xitoy kompaniyalari tomonidan viloyatimizda bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shandun provinsiyasining Dechjou shahrida esa qator kompaniyalar faoliyati bilan tanishildi.
“Shandong Dawe International Architecture Design” kompaniyasi rahbari Szuovey Shen shahar bo‘ylab qiymati qariyb 700 mln. dollar bo‘lgan zamonaviy uy-joylar, savdo va ijtimoiy obyektlari bilan tanishtirib, Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida ham Yevropa va Sharq dizaynlari asosida shu kabi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganligini ma‘lum qildi. Tomonlar dastlabki bosqichda qiymati 10 mln. dollarlik loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Dechjou shahrida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo davlatlari madaniyati markazi” faoliyati bilan tanishish davomida uning rahbari Kamila Karamanova bilan Farg‘ona viloyati mahsulotlari uchun alohida xona ajratgan holda hududimiz savdo-iqtisodiy imkoniyatlarini muntazam targ‘ib qilish yuzasidan kelishuvga erishildi. O‘z navbatida, markaz uchun Rishton kulollari, Marg‘ilon ipakchiligi va quritilgan mevalardan namunalar yetkazib beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Olg‘a "Neftchi"! Biz birgalikda bitta kuchmiz!

Dolzarb bir oylik safarbarligi e‘lon qilindi

Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchiga uy sovg‘a qilindi

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Farg‘onada chigit ekish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi