O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi



Bugun, 11-mart kuni Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yuldashev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Begmatov Ravshanbek Berdaliyevich nomzodi O‘zbekiston tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Ravshanbek Begmatov O‘zbekiston tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Ravshanbek Begmatov 1984-yilda Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2007-yilda Farg‘ona viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi vazifasida boshlagan. 2011-2020 yillarda Farg‘ona viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i, Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona vodiysi kanallaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.
2024-yil 2-dekabrdan beri Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi