Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

7552025-03-10 12:15

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590882536.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590887292.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590890805.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590894867.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590899326.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590902602.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590906772.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590910265.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590915478.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590918371.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mutasaddilardan iborat guruh bilan viloyatimizga biriktirilgan, "Farg‘ona tajribasi" asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov viloyat hokimiga hamrohlik qildi.

Farg‘ona viloyati mutasaddi tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘tgan yilda “yo‘l xaritasi”ga asosan mazkur tumanda ko‘plab ishlar qilindi. 15 gektar maydonda mevali bog‘, 15 gektar maydonda uzum bog‘ tashkil etildi. 3875 gektar yer maydoni olinib, 100 gektar yer maydoni qayta foydalanishga kiritildi. 10 km ariq va zovurlar tozalandi, 15 dona gidrotexnik inshootlari ta‘mirlandi, 2 dona nasos o‘rnatildi va 2 km elektr tarmog‘i tortildi. 1 ta mahalla binosi, 220 ta xonadonlarning tom qismlari joriy ta‘mirlandi. 21 ta mikroloyihalar ishga tushirildi.

Ayni kunlarda qiymati 581 mlrd. so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan bo‘lib, 44 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil etiladi. Buning natijasida mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

Viloyat rahbari dastlab Qusxanatov OFYda mukammal ta‘mirlangan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta‘lim tashkiloti, 5-umumta‘lim maktabida qurilgan sport zal bilan tanishdi.

Tumanda ilg‘or tajribalar asosida uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilangan. Viloyat rahbari mazkur yo‘nalish bo‘yicha mas‘ullarga vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, na‘matak ekish rejalashtirilayotgan yer maydonlarini borib ko‘rdi.

Bo‘zatov tumanida bugungi kunda ishlamay turgan tekstil korxonasida bo‘lib, viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishildi. Tuman markazida qurilishi rejalashtirilgan Nuroniylar maskani, otalar choyxonasi, Bo‘zatov tarixi muzeyi, madaniyat markazi uchun ajratilgan joy bilan tanishildi. “Yashil makon” loyihasi asosida ko‘chat ekish jarayonida ishtirok etildi.

Bo‘zatov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bilan tanishildi. Tomlarni shiferlash, 2 sotixli kottej hamda yangidan qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uy ko‘zdan kechirildi.

Tuman markazidagi sobiq madaniyat binosida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalarni joylashtirish rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari bu bo‘yicha ishlarni boshlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, bu borada Farg‘onadagi ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizdan kelgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, amalga oshirilayotgan har bir loyiha Bo‘zatovning iqtisodiy rivoji, ish o‘rni va aholining daromadini oshirish uchun xizmat qilishligini ta‘kidladi. Joriy yildagi vazifalar muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742311902415.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309093677.jpg

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298390848.jpg

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742291164816.jpg

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742288744010.jpg

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287599018.jpg

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft