Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3532025-03-07 21:03

Farg‘onada chigit ekish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363065210.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363106581.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363120547.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363130547.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363155116.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363161283.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363170784.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363179709.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363187146.jpg

Farg‘onada chigit ekish ishlari boshlandi

Farg‘onalik dehqonlar joriy yilda qishloq xo‘jaligini ilm-fan asosida rivojlantirish, xususan, zamonaviy texnologiyalar asosida viloyatda paxtachilik tajribasini keng joriy etish hamda hosildorlikni 65-70 sentnerga etkazishni maqsad qilgan.

Farg‘ona tumanidagi Gulpiyon MFYdagi "Fergana Asiana" paxta-to‘qimachilik klasteri dala maydonida bo‘lib o‘tgan viloyat ko‘rgazmali seminarida ushbu yo‘nalishdagi aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, viloyat qishloq xo‘jaligi mas‘ullari, tumanlar hokimlari, ularning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va klasterlar, fermerlar, otryad rahbarlari, nuroniylar hamda dahldor mutasaddilar qatnashdilar.

2025 yilda 72 ming gektar maydonda ilg‘or texnologiyalar asosida paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishish yuzasidan oldinda turgan masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda yuqori hosildor chigit urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi.

Sohada uzoq yillar mehnat qilgan tajribali faxriylar, viloyat faollari, nuroniylar bilan birga yaxshi niyat, duolar bilan erga chigit qadash jarayonlari boshlandi.

Seminar davomida belgilangan muddatda chigit ekish ishlarini otryad usulida sifatli va samarali yo‘lga qo‘yish, ishlarni aniq hisob-kitob bilan amalga oshirish kerakligi, erni tayyorlashga alohida e‘tibor qaratish va mexanizatorlarga shart-sharoitlar yaratish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bu yil Farg‘onada 10 ming gektarda Shinjon-Uyg‘ur tajribasida qo‘shqator usulda plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilgan holda paxta etishtiriladi.

Chigit ekish tadbirlarini tizimli amalga oshirish uchun 153 ta otryad tashkil qilindi, ularga 8153 ta texnika va mexanizmlar biriktirildi. Chigit ekishga 620 ta seyalkalar jalb qilinadi.

Shuningdek, seminar davomida g‘allachilik yo‘nalishidagi chora-tadbirlar ham kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350307072.jpg

Yozyovon tumani yirik turizm maskani va yashil hududga aylanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741190175262.jpg

Farg‘onada Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741135295855.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasi va ularning mahalliy hamkorlarini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741101036788.jpg

Farg‘ona shahridagi Mustaqillik shaharchasining bosh rejasiga asosan ikkinchi bosqichdagi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741082419651.jpg

Marg‘ilon shahridagi “Ipakchi” MFYda Renovatsiya dasturi asosida ko‘p qavatli uylarning qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft