“Ayollar daftari” bilan ishlashda Farg‘onada o‘ziga xos maktab yaratildi
“Ayollar daftari” bilan ishlashda Farg‘onada o‘ziga xos maktab yaratildi
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqichi doirasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar yakuni hamda 2025-yilda bu boradagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, tegishli boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqichi doirasida 2024-yil davomida viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi vazifalar muhokama qilindi.
“Ayollar daftari”ning 5-bosqichi doirasida 800 mingdan ortiq 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida anketa-so‘rovnomalar asosida xatlov ishlari amalga oshirildi. Xatlov yakunlariga ko‘ra, nizom asosida 6 ta toifa bo‘yicha 109 ming 506 nafar xotin-qizlar tuman, shahar Kengashlarining tegishli sessiyalari qarorlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritildi.
Joriy yilning mart-dekabr oylarida tuman, shahar sektorlari rahbarlari, tegishli mas‘ul tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 109 ming 506 nafar xotin-qizlarga tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Buning uchun Respublika va mahalliy byudjeti hamda boshqa manbalar hisobidan 69,5 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.
“Ayollar daftari” bo‘yicha ishlashda Farg‘onada o‘ziga xos maktab yaratilganligi alohida e‘tirof etildi. Mas‘uliyat bilan ish olib borgan barcha mas‘ullarga minnatdorlik bildirildi. Viloyat sektorlari rahbarlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kelgusi yilda ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar yangi bosqichda davom etishini qayd etib, 6-bosqichni sifatli tashkil qilish har bir rahbarning muhim vazifasi ekanligini ta‘kidladi.
Yig‘ilishda 2025-yildan “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi boshlanishi ma‘lum qilinib, aniq vazifalar belgilab berildi. Yangi yildan “mahalla yettiligi” sektorlar ishchi guruhlari bilan birgalikda anketa-so‘rovnoma asosida xotin-qizlarning barcha yo‘nalishdagi muammolarini uyma-uy yurish orqali o‘rganadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Farg‘ona viloyatiga biriktirilgan vakil – viloyat shtabi rahbari Abdug‘affor Salihov bu boradagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Yangi yil bayramini barcha shodumonlik, bir olam quvonch bilan kutib olmoqda
Farg‘onada internat uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Yangi yil tabrigi
28 dekabr – O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tug‘ilgan kun
Sarhisob: IT sohasi jadal rivojlanmoqda