Sarhisob: IT sohasi jadal rivojlanmoqda
Farg‘ona viloyatida 110 ta IT kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shundan, 22 tasi xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirildi. Ikki mingga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi. Yosh dasturchilarning bugungi kundagi o‘rtacha oylik ish haqlari 3000-5000 dollarni tashkil etmoqda.
Mazkur sub’yektlar orqali bugungi kunga qadar 6,5 mln. dollarlik IT mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, 2023-yilga nisbatan 2 barobarga oshirildi. Eksport hajmini 2025-yilda 4 barobarga oshirib, 25 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Tadbirkor Sherzod Parpiyevga ko‘maklashish orqali “DAVR_RU” kompaniyasi tashkil etilib, 300 nafar yoshlar ishga qabul qilindi.
Shuningdek, “Audio tele” kompaniyasida 120 nafar, “Yunikol” kompaniyasida 300 nafar, “Telekontakt” kompaniyasida 200 nafar, “Mediaplatform” kompaniyasida 100 nafar yoshlar mehnat qilishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Yangi yil bayramini barcha shodumonlik, bir olam quvonch bilan kutib olmoqda
Farg‘onada internat uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Yangi yil tabrigi
28 dekabr – O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tug‘ilgan kun
“Ayollar daftari” bilan ishlashda Farg‘onada o‘ziga xos maktab yaratildi