Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1282025-01-28 16:10

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062432756.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062439363.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062446088.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062453644.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062460294.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062464260.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738062469404.jpg

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga ko‘ra, birinchi masala sifatida viloyatda qonunchilik holati va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida prokuratura organlari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda ko‘riladigan chora-tadbirlar bo‘yicha viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilovning axboroti tinglandi.

Keyingi masala bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari va mahallalarning faol jamoatchiligi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik darajasi muhokama qilindi. Bu borada viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2024-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda joriy yilda ko‘riladigan ta’sirchan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov hisobot berdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Ashmatov esa viloyatda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan adliya organlari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va joriy yilgi rejalar haqida ma’lumotlarni deputatlarga taqdim qildi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev viloyat hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturi hamda viloyatda 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar bilan batafsil tanishtirib o‘tdi.
Sessiyada shuningdek, viloyat mahalliy byudjetining 2024-yildagi ijrosi, Toshloq tumani “Qanjirg‘a” MFY hududida tashkil etilgan “Oq oltin saxovati” kichik sanoat zonasi hududining chegaralarini o‘zgartirish, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUKning ma’nan va jismonan eskirgan parvozlarni radiotexnik ta’minlash vositalarini 2025-2028-yillarda bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish” loyiha konsepsiyasi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi va uning huzuridagi doimiy komissiyalarining 2025-yil birinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan har bir masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738164695915.jpg

So‘x tumani turizm maskaniga aylanadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738151907177.jpg

So‘x tumanida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738128461740.jpg

1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738127649112.jpg

O‘zbekiston-Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, hududlararo aloqalar faollashmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738071694950.jpg

Farg‘onada “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738066043576.jpg

Prokuratura organlari faoliyatda asosiy e’tiborini inson huquqlari va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratib kelmoqda

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.01.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft