Yangi tizim birinchi bosqichda viloyatimizning Yozyovon tumanidagi 13,6 gektar er maydonida joriy etiladi

Yangi tizim birinchi bosqichda viloyatimizning Yozyovon tumanidagi 13,6 gektar er maydonida joriy etiladi
Prezidentimizning joriy yil 3 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investisiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar etishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.
Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g‘olibi — ijaraga oluvchi Er kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga:
a) quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
er uchastkasidan qirq to‘qqiz yil ijara huquqi asosida foydalanish, keyinchalik ijara muddatini qonunchilikka muvofiq uzaytirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini, shuningdek, ularni etishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan, paxta va g‘alla ekinlarini faqat o‘zi ma‘qul deb hisoblagan taqdirdagina etishtirish;
Er kodeksiga muvofiq ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini tekinga yoki haq evaziga ijara muddati davomida boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish), er uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
ijaraga beruvchining roziligisiz er uchastkasiga ijara huquqini garovga qo‘yish, garov shartiga muvofiq mazkur huquqni boshqa shaxslarga erkin sotishi uchun garovga oluvchiga vakolat berish, bunda ijara huquqi garovga qo‘yilgani haqidagi axborot ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ijaraga beruvchiga elektron tarzda yuboriladi, garov huquqi realizasiya qilinishi natijasida er uchastkasiga ijara huquqini olgan shaxsga ham mazkur Farmonda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar to‘liq o‘tadi;
yillik suv etkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi doirasida kafolatlangan hajmda suv olish, ushbu majburiyat bajarilmagan hollarda etkazilgan zararlarni talab qilib olish;
er tuzish loyihasiga muvofiq dala chetida 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ob‘ektlarni (engil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suv tejovchi texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirish;
b) quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish;
er uchastkasidan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;
o‘z tanloviga ko‘ra har yili er uchastkasida etishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlari, shuningdek, to‘lov hujjatlariga asosan realizasiya qilingan mahsulotlar haqidagi ma‘lumotlarni Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib borish;
er uchastkasining normativ qiymati va bonitet bali, tuproq tarkibi va sifatini qonunchilikda belgilangan tartibda va davriylikda tekshirtirib borish.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ida tog‘ hayvonlari saqlanadigan bo‘lim ancha keng joyni egallagan.

Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashdi

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasini JSTga a‘zo bo‘lishi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.