Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2322025-02-26 18:15

Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlari tushunchasi va uning huquqiy tabiati

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2079987975887800.png

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritishi; 136-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan. Ta’kidlash lozimki, insonning eng oliy qadriyatlarini, uning huquq va erkinliklarini Konstitutsiyada mustahkamlanishi va ushbu huquqlarni davlat va uning mustaqil tarmog‘i bo‘lgan sud hokimiyati orqali himoya qilinishi davlatning demokratik tamoyiillar asosida rivojlanayotganidan dalolat beradi. Sud hokimiyatining davlat hokimiyati boshqa tarmoqlaridan ajratilishi, uning mustaqilligi va daxlsizligi kabi xususiyatlari bilan ifodalanadiki, sud hokimiyati davlat hokimiyatining bir tarmog‘i bo‘lsada, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda hakamlik qilish imkoniyatini beradi. Sudning bunday vazifasi ma’lum darajada – davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, adolat va qonuniylik kafolati sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday demokratik davlatda sud tizimining mustaqilligi va daxlsizligi muhim ahamiyat kasb etgan masalalardan biri bo‘lib qoladi. Sud hokimiyati davlatning har qanday sub’yektlari (yuridik va jismoniy shaxslar, tashkilot, muassasa va h.k.) o‘rtasidagi nizolarni hal qilish vositasi bo‘lgan nazorat va muvozanat tizimining bir qismidir. Mazkur funksiyalarni ta’minlashda sud mustaqil va daxlsiz bo‘lishi lozim. Albatta, sud hokimiyati mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirildi va bu hozirgi kunda ham jadal davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Sudya – bu adolat posboni. Shuning uchun ham sudyalar tomonidan qabul qilinayotgan har bir qarorning qonuniy va adolatli bo‘lishi haqida chuqur o‘ylashimiz zarur. Bu borada sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, odil sudlov faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini so‘zsiz ta’minlash lozim”. Sud hokimiyati mustaqilligi prinsipini to‘liq amalga oshirishning zaruriy sharti, uning alohida belgilari emas, balki to‘liq mustaqilligi nazarda tutilishi lozim. Bunda davlat tomonidan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarining alohida-alohida ajratilishi tushuniladi. Vakolatlarni ajratish nazariyasining mohiyati butun hokimiyat bitta davlat organi yoki mansabdor shaxs qo‘lida to‘planishining oldini olishdir. Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashda sud hokimiyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini o‘rnatish va takomillashtirish, bunda eng avvalo, sud hokimiyati tarmog‘ining boshqa hokimiyat tarmoqlaridan, sudyalarning esa nizolarni ko‘rib chiqib hal qilishda har qanday shaxslar, birinchi navbatda, boshqa hokimiyat tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi mansabdor shaxslarning aralashuvidan mustaqil bo‘lishlarini kafolatlari ta’minlanishi lozim. Yuridik fanlari doktori D.Aripovning fikricha, sud hokimiyati mustaqilligining huquqiy kafolatlari deganda konstitutsiya, qonunlar hamda qonunosti hujjatlarida belgilangan sudlarni shakllantirish va ular faoliyatini tashkil etishda ular mustaqilligini ta’minlovchi normalar tushuniladi. Sud hokimiyati mustaqilligining huquqiy kafolatlarini ularning mazmuni hamda normativ-huquqiy hujjatning turiga ko‘ra moddiy, tashkiliy va prosessual turlarga ajratish mumkin. Sudlar mustaqilligining moddiy kafolatlariga sudyalarni davlat hisobidan ularning yuksak maqomiga mos keladigan moddiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlash tushunilib, sud korpusi a’zolari uchun munosib moddiy ta’minot sudyalar faoliyatiga taalluqli boshqa kafolatlar bilan birgalikda sudyalarning mustaqilligi tamoyilini ta’minlashning muhim elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Ibroximjon Tursunov, O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft