Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4782025-03-01 06:10

Viloyat hokimi Turkiyaning "Shenova Tekstil" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740791093032.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740791103194.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740791107262.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740791112993.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning "Shenova Tekstil" kompaniyasi rahbari Axmet Unver boshchiligidagi investorlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Toshloq tumanidagi sanoat zonasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan to‘qimachilik yo‘nalishida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasini qurish loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur kompaniya trikotaj matolarni ishlab chiqarish, bo‘yash va kiyim-kechak mahsulotlari bilan shug‘ullanadi. To‘qimachilikda foydalaniladigan kimyoviy bo‘yoqlarni ishlab chiqaradi, shuningdek, tayyor mahsulotlar onlayn savdolarini yo‘lga qo‘ygan. Uchrashuvda turkiyalik ishbilarmonlar shular xususida ma‘lumot berdilar.

Shuningdek, investorlar qurilish yo‘nalishida ham Farg‘onada yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z qiziqishlarini bildirdilar.

Viloyat hokimi ularning loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, zamonaviy texnologiyalarni olib kirish, ko‘plab ish o‘rinlarini yaratish, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish muhimligini ta‘kidladi.

Uchrashuvda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo‘raboev ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741000352571.jpg

Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740976564231.jpg

Rossiyada yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi bozor ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740813393725.jpg

Mehnat munosabatlari, o‘zboshimcha qurilmalar, davlat ehtiyojlari uchun olingan yer uchastkalari uchun zararni qoplash masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740811863550.jpg

1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740794814324.jpg

Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 04.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft