Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi




Viloyat hokimligi majlislar zalida budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, viloyatdagi barcha soliq xizmati organlari xodimlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari (videokonferens aloqa orqali) ishtirok etdilar. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘tgan yilda soliq tizimi faoliyatini tahlil qilib, joriy yildagi muhim vazifalar, xususan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini hamda byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni belgilab berdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlashda 2024-yil sermahsul yillardan biri bo‘lganligi hamda bunda soliq organlari xodimlarining mehnati e‘tirof etildi. Shu munosabat bilan xizmatda foydalanish uchun soliq organlariga zamonaviy 150 ta kompьyuter jamlanmasi topshirildi. Bundan tashqari, soliq ma‘murchiligini samarali yuritishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar viloyat hokiminining faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Yig‘ilish davomida 2025-yil budjet tushumlari rejasini bajarish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi