Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2822025-03-01 07:07

Sen bahorni sog‘inmadingmi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740794814324.jpg

Bugun bahorning ilk kuni. Qishning qahraton kunlari ortda qoldi. Bu yil xalqimiz har yilgidan ko‘ra bahorni, ko‘klamni orziqib kutdi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatarkansiz, bu faslni barcha yaxshi ko‘rishiga, intiqib kutganiga yana bir bor guvoh bo‘lasiz. Tabriklar, bahor haqidagi she‘rlar dillarga iliqlik ulashadi.

Bahorning baribir tarovati, shukuhi boshqacha, Farg‘ona adirlari yashillikka burkanish arafasida. Erta tongdan quyosh mo‘ralab, oftob tafti zaminni qizdirmoqda. Bu harorat erga, o‘t-o‘lanning bag‘riga singadi. Ana shunday kezlarda el dalaga oshiqadi.

Bahorni kim ham sog‘inmaydi deysiz? U go‘zallik, orzu-umidlar fasli. Atrofga bir boqing. Borliq uyg‘onadi. Yasharish, yangilanish fasli boshlanadi. Hademay bo‘rtib qolgan kurtaklar qabo ochadi. Tilla tangalardek sochilgan momaqaymoqlar, ariq labida bo‘yga etgan mastona yalpizlar ifori, shaddod shabbodaning mayin barmoqlari dilni entiktiradi. Bahor biz intiq va intizor kutgan, ko‘ngillarga shodumonlik, qalblarga surur, yuraklarga huzur bag‘ishlovchi ardoqli bayramimiz Navro‘zdan ilk mujda olib keladi. Chunki u bayramlari bilan yanada ardoqli.

Farg‘onaning bugun barcha joylarida ham ko‘klam qo‘shig‘i yangramoqda. Adiru cho‘llarda bahordan darak beruvchi boychechaklar bo‘y ko‘targan. Ayniqsa, qishloqlarning tarovati o‘zgacha.

Orzulari mo‘l, tilaklari bisyor xalqimiz ertangi kun umidi bilan, to‘y-tomoshalar istagi bilan yashayotgan vatandoshlarimiz Navro‘zga peshvoz chiqadi. Barchamizga bahor muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741000352571.jpg

Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740976564231.jpg

Rossiyada yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi bozor ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740813393725.jpg

Mehnat munosabatlari, o‘zboshimcha qurilmalar, davlat ehtiyojlari uchun olingan yer uchastkalari uchun zararni qoplash masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740811863550.jpg

1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740791093032.jpg

Viloyat hokimi Turkiyaning "Shenova Tekstil" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 04.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft