1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

2025-yil 1-martdan qonunchilikda bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi. Xususan, ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi, yoshga doir pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi, ayrim traktor va kombaynlarga GPS qurilmasi o‘rnatilmasa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi, sudda ish yuritish taraflar kelishuvi sababli tugatilganda davlat boji qaytarib beriladi va boshqalar…
1-martdan milliy qonunchilikda quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:
Ayrim bog‘chalarning pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi
"Maktabgacha ta‘lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta‘lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.
Yangi tajriba joriy etiladi
"Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizidagi kasbiy ko‘nikmalar markazlarida amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajriba joriy etiladi.
Yoshga doir pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi
"Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni "Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma‘lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya yoshiga etib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.
Yer qa‘ridan foydalanish monitoringi "Geomonitoring" AT orqali amalga oshiriladi
"2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan er qa‘ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil "Geomonitoring" axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining malakasi yangicha tizim orqali oshiriladi
"Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg‘unlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda malaka oshirish ta‘lim dasturining nazariy qismi A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida, amaliy (ijodiy) qismi bolalar musiqa va san‘at maktablarida tashkil etiladi va markazlarga ishga qabul qilinadigan musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari mehnatiga soatbay asosda ish haqi to‘lanadi.
Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi
"Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lgunigacha maktabgacha ta‘lim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam beriladi.
Bunda agar bolalar egizak bo‘lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Rossiyada yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi bozor ochildi

Mehnat munosabatlari, o‘zboshimcha qurilmalar, davlat ehtiyojlari uchun olingan yer uchastkalari uchun zararni qoplash masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Viloyat hokimi Turkiyaning "Shenova Tekstil" kompaniyasi rahbarini qabul qildi