Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1212025-03-03 09:39

Rossiyada yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi bozor ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740976564231.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740976580085.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740976592348.jpg

Ayni paytda Farg‘ona viloyatining qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Aynan meva-sabzavotlar eksporti borasida Farg‘ona viloyati mamlakatimizda yetakchi hududlar sirasiga kiradi. Xususan, mazkur yo‘nalishda Rossiya, MDH davlatlari salmoqli ulushga ega bo‘lib, keyingi yillarda hamkorlik ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ezgu tashabbuslar doirasida shu kunlarda Rossiyaning Novosibirsk shahrida "Aziya-Sibir" savdo majmuasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Bu mamlakatimiz, shu bilan birga hududlar eksport salohiyatini yanada oshirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Umumiy maydoni salkam 130 ming kv. metrga teng savdo bozorida 30 ga yaqin muzlatgich, vaqtinchalik saqlash omborlari, ref-konteynerlar, tadbirkorlar uchun mehmonxona va oshxona mavjud.

- Zamonaviy mezonlar asosida barpo etilgan ulgurji savdo majmuasi tadbirkorlarimizga qulay va xavfsiz ishlash, ishonchli va uzoq muddatga mo‘ljallangan hamkorlar topish imkonini beradi, - deydi viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Eldor Tursunqulov. - Ishonamizki, yangi bozor yangi xaridorlar bilan manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mahsulotni tashish, sifatli saqlash hamda doimiy ravishda Rossiyaning brend savdo tarmoqlarini kerakli mahsulotlar bilan ta’minlashda qo‘l keladi.

Aytish joiz, ochilish marosimida Farg‘ona viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741000352571.jpg

Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740813393725.jpg

Mehnat munosabatlari, o‘zboshimcha qurilmalar, davlat ehtiyojlari uchun olingan yer uchastkalari uchun zararni qoplash masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740811863550.jpg

1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740794814324.jpg

Sen bahorni sog‘inmadingmi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740791093032.jpg

Viloyat hokimi Turkiyaning "Shenova Tekstil" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 04.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft