Javpaya massividagi barpo etilgan uzumzorga uzum ko‘chatlarining yangi navlari o‘tqazildi










O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 mart kunidagi 18-sonli Farmoyishi asosida tumanimizda tizimli ishlar olib borilmoqda. Farmoyishga asosan Respublikamizda 11 martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e‘lon qilingan. Mahallalarda mazkur oylik doirasida tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada faollashtirish orqali 2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramini va muborak Ramazon oyini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Qal‘acha mahallasining Javpaya massivida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar qilindi. Tuman hokimi tashabbusi bilan 500 to‘p uzum ko‘chati olib kelinib, kam ta‘minlangan oilalarga tarqatib berildi. Uzum ko‘chatlarini o‘tqazilishida fuqarolarga tuman xokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari yaqindan yordam berishdi. Javpayada tashkil etilgan uzumzorga yana 500 to‘p yangi uzum ko‘chatlari o‘tqazildi. So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




