Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

6272025-03-22 18:20

Viloyatimizdagi barcha sanoat zonalari yashillikka burkanadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649570879.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649574484.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649577382.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649579733.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649582419.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649585531.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649587888.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649590859.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649593373.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742649596422.jpg

Viloyatimizdagi barcha sanoat zonalari yashillikka burkanadi

Viloyatimizda ham “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida ko‘chat ekib, yashillik yaratish ko‘lami kengaymoqda. Xususan, hududlardagi sanoat zonalarida Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" dasturi asosida daraxt ekish ishlariga kirishildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumanida bo‘lib, “Taraqqiyot” sanoat zonasidagi Xitoyning "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan metalni qayta korxonasi hududiga “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.

Unda nuroniylar, jamoatchilik vakillari, yoshlar qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi atrof-muhit musaffoligini, ekologik holat barqarorligini ta‘minlashga xizmat qilayotganligi, aholi salomatligida ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini ta‘kidladi. Shu bois, sanoat zonalari hududlarida ham ko‘chat ekish jarayonlarini amalga oshirish dolzab ekanligiga e‘tibor qaratdi.

- “Taraqqiyot” sanoat zonasida boshlangan “Yashil makon” loyihasi namuna sifatida viloyatimizdagi barcha sanoat zonalarida ham davom ettiriladi” – dedi viloyat hokimi.

Xayrli duolar qilinib, yig‘ilganlar ishtirokida ko‘chat ekishga kirishildi.

“Taraqqiyot” sanoat zonasiga jami 21 ming mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi belgilangan.

Ma‘lumot o‘rnida, ushbu sanoat zonasi hududida Xitoyning "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash loyihasi qurilishi jadal davom etmoqda. Mazkur loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Zavodning dastlabki bosqichi 2025 yilda ishga tushishi ko‘zda tutilgan. Sifatli va raqobatbardosh qayta ishlangan temir mahsulotlarini ichki ehtiyojlarni qoplash bilan bir qatorda tashqi bozorga ham eksportga chiqarish maqsad qilingan. Korxonaning kirish qismiga va atrofiga 2 ming tupga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010897685.jpg

Viloyat hokimi yosh shaxmatchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742992490250.jpg

Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742984097750.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning "Medma" xalqaro tibbiy kompaniyalar guruhi prezidenti Yulay Magadeyevni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742982659902.jpg

Farg‘onada Xitoy investitsiyasi asosida zamonaviy bino-inshootlar barpo etiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742977309656.jpg

Viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat hokimligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742810455001.jpg

Farg‘ona shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft