Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Rossiyada



Ayni kunlarda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi a‘zolari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. 28-mart kuniga qadar Sverdlovsk, Samara viloyatlari va boshqa bir qator hududlarda tadbirlar tashkil etilib, ularda vazirliklar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, rossiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar, Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz bilan muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlovchi “Opora Rossii” nodavlat-notijorat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashkilot Rossiyaning 86 ta hududida o‘z filiallariga ega va 40 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boradi. “Opora Rossii” O‘zbekiston bilan ham xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashib kelmoqda. Uchrashuvda Farg‘ona viloyatining yirik investitsion salohiyati, tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlardan kelib chiqib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




