Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

962025-04-08 08:50

Quvasoyda tez tibbiy yordam yangi bosqichga chiqmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669899830.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669905805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669908195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669910585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669912975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669914170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669916560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084180669918950.jpg

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialining Quvasoy shahar bo‘limi “Tashabbusli budjet” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va 4100 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topildi. Loyiha doirasida 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ ajratilib ushbu mablag‘ hisobidan “Independent broker” xususiy korxonasi tomonidan bo‘lim binosida to‘liq rekonstruksiya ishlari olib borildi va foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan, bugun, Quvasoy shahar tez tibbiy yordam stansiyasida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘afurov, shahar hokimligi vakillari, tibbiyot xodimlari hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Mehmonlar yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni yuqori baholadilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft