Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Jilin Shengde Investment Group Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Liu Lijun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi



Uchrashuvda viloyatimizda xizmat ko‘rsatish, qurilish yo‘nalishidagi loyihalar va kelgusi istiqbollar muhokama qilindi. Viloyat hokimi hududlarda yangi massivlar, turar joylar, ko‘ngilochar maskanlar va infratuzilma ob‘ektlari qurilayotganini, bu jarayonda xorijiy kompaniyalar faol ishtirok etayotganini ta‘kidladi. “Jilin Shengde Investment Group Co., Ltd” kompaniyasining qurilish sohasidagi ilg‘or tajribasi va yirik loyihalarni amalga oshirishdagi salohiyati e‘tirof etildi. Kompaniya loyiha ishlab chiqish, rejalashtirish, loyihalash, tender jarayonlari, qurilish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish kabi barcha bosqichlarni qamrab olgan to‘liq ish jarayonini samarali boshqarish imkoniyatiga ega ekani ma‘lum qilindi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali yuqori saviyada o‘tkaziladi



Farg‘ona shahrida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.