Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Daqin Cableway” kompaniyasi bosh direktori Lyan Lyankuy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda viloyatda turizm yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi. Mazkur kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan avvalgi videomuloqotda bir qator takliflar bildirilgan edi. Endi bu jarayon amaliy bosqichga o‘tib, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘ida yirik turizm loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Viloyat hokimi Shohimardonning o‘ziga xos turistik imkoniyatlari haqida to‘xtalib, kanat yo‘llari, ekstremal attraksionlar, arqon yo‘llari, osma ko‘priklar, restoran va yulduzli mehmonxonalar, tog‘-chang‘i kurorti kabi zamonaviy infratuzilmalarni tashkil etish muhimligini alohida ta‘kidladi. Loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, ishlarni tezlashtirish zarurligini qayd etdi. Uchrashuvda loyihani takomillashtirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda yilning to‘rt faslida ham dam olish imkoniyatlarini yaratish yuzasidan takliflar bildirildi. Hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





