Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2492025-04-16 20:38

«Iqtidor» maktab ansambli tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744817832100.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744817832170.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744817832359.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1744817832348.jpg

Bugun Farg‘ona shahridagi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi drama teatrida “Iqtidor maktab ansambli“ tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi tashkil etilib, tuman (shahar) bosqichlarida go‘liblikni qo‘lga kiritgan 19 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tomonidan ilk bor o‘tkazilib, tanlovda 6-10-sinf o‘quvchilaridan iborat maktab jamoalari ishtirok etdi. Ushbu tanlovning viloyat bosqichida 1-o‘rin — Farg‘ona tumanidagi 10-maktabning “Shodiyona“ jamoasi; 2-o‘rin — Qo‘qon shahridagi 7-maktabning “Istiqlol“ jamoasi; 3-o‘rin — Marg‘ilon shahar 8-maktabning “Yangi O‘zbekiston“ jamoasi egalladi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar va tanlov g‘oliblariga Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va tadbir tashkilotchilari diplom va esdalik sovg‘alari tantanali tartibda topshirishdi. Farg‘ona tumani hokimligi maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar va ularning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi hamda ijodiy faoliyatlarida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishlarini tilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft