Quvasoy shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mazkur ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.








Quvasoy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichiga start berilgani to‘g‘risida xabar bergan edik (https://t.me/quvasoy_hokimligi/29257) Bugun, Quvasoy shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mazkur ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Ma’lumot o‘rnida, tanlovning shahar bosqichida 28 ta umumta’lim maktabining 7-9-sinflaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar. Taqdirlash tadbirida shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi sho‘ba rahbari Kamoldin Jadigarov, umumta’lim maktabi direktorlari, fan o‘qituvchilari, ishtirokchi o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra: 🥇3-maktab (1-IDUM) jamoasi 1-o‘rinni egallab, 100 million so‘m pul mukofoti; 🥈1-maktab jamoasi 2-o‘rinni egallab, 75 million so‘m pul mukofoti; 🥉18-maktab jamoasi 3-o‘rinni egallab, 50 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Unda so‘z olgan mas’ullar, g‘olib o‘quvchilar, o‘qituvchilar hamda ota-onalarni samimiy muborakbod etib, kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tiladilar. Quvasoy shahrining 3-maktab jamoasi mazkur tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan, jamoaga omad va zafarlar tilaymiz. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Toshloq tumanida IT - shaharcha ochildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi


Farg‘ona - Ulsan biznes-forumi tashkil etildi

Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi