Quvada “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi









Quva tumani markaziy axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Xalimjon Umarov, tuman prokurori, tuman hokimi o‘rinbosarlari, yozuvchi va ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari, kitobxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar, an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning ahamiyati, ushbu tashabbus esa ma’naviy yuksalishga qo‘yilayotgan dadil qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi. Bugungi tadbirda tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mahmudaxon Botirova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va yangi O‘zbekiston” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Haftalik doirasida davra suhbatlari, yozuvchi va shoirlar bilan adabiy uchrashuvlar, mahorat darslari, kitob taqdimotlari, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, aksiyalar tashkil etiladi. Mazkur haftalik 27 aprelga qadar davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi