Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

373 / 29.04.2025

Agrotexnik tadbirlar hamda yangi texnologiyalar hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650708872.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650714637.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650718614.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650723903.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650728670.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650746766.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650751173.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650757395.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650760336.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745650763206.jpg

Qo‘shtepa tumanida qishloq xo‘jaligi, xususan, g‘o‘za maydonlarida birinchi kompleks ishlovni sifatli va tizimli amalga oshirish, g‘alla, ipak qurti parvarishi masalalariga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov ishtirok etdi. Jamoatchilik nazorati kengashi a‘zolari, tuman hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari, suv etkazib berish xizmati rahbarlari, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlari mas‘ullari, paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar va sohaga daxldor idoralar rahbarlari qatnashgan tadbir avvalida "Bo‘ston" MFY "Qo‘rg‘oncha mashina agro servis" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan "Bir kontur - bir mahsulot" loyihasi bilan tanishildi. Loyiha bo‘yicha 10 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, ertapishar, iqlim sharoitiga mos karam etishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha qiymati 735 mln so‘m, shundan bank krediti 300 mln so‘mni tashkil etgan. Karamdan so‘ng takroriy ekinlar ekiladi. Erlar 34 nafar ishsiz aholiga ijaraga berilgan bo‘lib, bitta lot egasi yil davomida 151,7 mln so‘mdan daromad olishi kutilmoqda. Olingan hosil mahalliy va xorij bozorariga etkazib beriladi. Shundan so‘ng "Fayzli Odil Mahmud" fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonida birinchi kompleks ishlovini sifatli va tizimli amalga oshirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Yangi kulьtivasiya texnikalari bilan tanishildi. Sirdaryo-So‘x irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi o‘quv markazida bo‘lib o‘tgan seminarda paxta, g‘alla hamda ipak qurti parvarishi bo‘yicha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda agrar sohaga ilm-fan yutuqlari va innovasiyalarni joriy etish katta samara berayotganligini ta‘kidlab, paxta va g‘alla hosildorligini oshirishda ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini qo‘llash zarurligiga e‘tibor qaratdi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha topshiriqlar berildi. - G‘o‘zaga ishlov berishda har bir agrotexnik tadbir sifatli, tizimli amalga oshirilsagina kutilgan natijaga erishiladi. Bunga mas‘uliyat bilan yondashish lozim. Bundan buyon fermerlar manfaat uchun ishlashi, hosildorlik kamida 50 sentner bo‘lishi kerak, – dedi viloyat rahbari. Joriy yilda viloyatimizda 72 ming gektar maydonga chigit ekildi. 8 ming 332 gektar maydonga 76 sm qo‘shqator usulda, 3 ming 836 gektarda Xitoy tajribasi asosida qo‘shqator plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish usulida chigit ekilib, unib chiqdi. Navga alohida e‘tibor qaratilgan holda Xitoydan 469 tonna urug‘lik chigitlar olib kelindi. Shuningdek, dala maydonlariga "Namangan-77", "C-8290", "6775" kabi navlar qadaldi. G‘o‘zaga ishlov berishning agrotexnik tadbirlari, kulьtivasiya qilish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, zararkunandalarga qarshi kurashish masalalari mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirildi. Kulьtivasiya o‘tkazish, erni chuqur yumshatish kabi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish zarurligi ta‘kidlandi. Kasallikni oldini olish, ildiz qurti kapalaklariga qarshi kurashish uchun feromon tutqichlar o‘rnatish, g‘o‘zani oziqlantirish uchun o‘g‘itlar zaxirasini yaratish ishlari muhokama qilindi. Ishchi guruhlari tashkil qilinib, texnikalar sozligi va ishlar sifati qattiq nazoratga olinishi ma‘lum qilindi. Bu yil 94 ming 300 gektar maydonda g‘alla parvarish qilinmoqda. Ularni oziqlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yil viloyatda 46 ming 436 quti ipak qurti parvarish qilinib, 2 786 tonna pilla xomashyosini etishtirish reja qilingan. Seminarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar ham ko‘rib chiqilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 29.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft