Oltiariq tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi










Oltiariq tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy va hududiy kengashlarning a‘zolari, senatorlar, Farg‘ona viloyati xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari, vazirlik hamda idoralar rahbarlari, faollar va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib, mamlakatimizda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari mazmun va sifat jihatidan yangi bosqichga chiqayotganligi, bu borada viloyatimizda aniq chora-tadbirlar asosida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi ta‘kidlandi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan majlisda 2025 yilning birinchi choragida Senat tomonidan o‘tkazilgan tahlillar muhokama qilinib, jinoyatlarning profilaktikasida muammo va kamchiliklar echimiga e‘tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Jinoyatchilikni jilovlashdagi muhim vazifalarga e‘tibor qaratildi. Shuningdek, “mahalla ettiligi” faoliyatida mas‘uliyat va samaradorlik etishmayotgani, xavfli hududlar to‘liq qamrab olinmagani, ayrim mahallalarda “yo‘l xaritalari” faqat qog‘ozda qolib ketayotgani tanqid qilindi. Sohalarga mas‘ul bo‘lgan rahbarlar tomonidan qayd etilgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini belgilash, ijro intizomini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish tavsiya etildi. Shu bilan birga, profilaktika va mahalla tizimini takomillashtirish, yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha yangi, aniq reja va yondashuvlar ishlab chiqilishi lozimligi qayd etildi. Muhokama yakuni bo‘yicha mas‘ullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onaga jamoat transporti uchun 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

MDH doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” imzolandi


Farg‘ona - Penza: ikki hudud aloqalari faollashmoqda