Farg‘ona viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi muhokama qilindi










Farg‘ona viloyatida Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi. Majlisda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, senatorlar, viloyat kengashi deputatlari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etdi. Unda parlament nazorati doirasida Senat ishchi guruhi tomonidan viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Ta‘kidlanganidek, 2024 yilda viloyat iqtisodiyoti 6,7 foizga o‘sib, 91,3 trln so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratilgan, shuningdek, sanoat 7,6 foizga, qurilish 8,5 foizga, xizmatlar 12,3 foizga, qishloq xo‘jaligi 4,7 foizga oshgan. Investisiya dasturlari doirasida 1,8 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilgan, eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,4 barobarga o‘sib, 1 mlrd dollardan oshgan. Viloyatda 1 mlrd dollarlik 1,2 mingta loyiha ishga tushirilib, 34 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 1,4 trln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan 14,2 ming kishiga 206,9 mlrd so‘m miqdorida mikroqarzlar berilgan. Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 397 ta mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan, 180,3 ming aholi rasmiy band bo‘lgan. Xususiy ta‘limga keng imkoniyatlar yaratilgani tufayli o‘tgan yilda xususiy maktablar soni 100 taga, notdavlat bog‘chalari 3,3 mingtaga etgan, bog‘cha qamrovi 2017 yildagi 37 foizdan 87 foizga oshgan. Ipoteka dasturi doirasida 8 mingga yaqin xonadondan iborat ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. 5,2 mingta oilaga 1,4 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Ular bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizorani qoplash uchun 147,3 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratilgan. Muhokama jarayonida senatorlar viloyatda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga ham e‘tibor qaratdi va mas‘ul rahbarlarning axborotlarini eshitdi. Shuningdek, majlisda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ayrim rahbarlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan kambag‘al oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning turmush sharoitini yaxshilash va bandligini ta‘minlashga ko‘maklashish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi ta‘kidlanib, bu borada mas‘uliyatni tubdan oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Oliy darajadagi tashriflar doirasida imzolangan savdo-iqtisodiy kelishuvlar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga e‘tibor qaratish, viloyat hududlarida iqtisodiy o‘sish sur‘atini ta‘minlash, mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini ta‘minlashda iqtisodiy kompleks rahbarlarining mas‘uliyatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini mahalliy Kengash sessiyalarida eshitish zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Muhokama yakunida Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onaga jamoat transporti uchun 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

MDH doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” imzolandi


Farg‘ona - Penza: ikki hudud aloqalari faollashmoqda