Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “China Highway Vehicle Machinery Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “China Highway Vehicle Machinery Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalar muhokama etildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotgani alohida ta‘kidlandi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan avtobuslar, motorollerlar hamda mini-traktorlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur texnikalarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil etish masalalariga ham e‘tibor qaratildi. - Eng muhim jihat — ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatli va raqobatbardosh bo‘lishi, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi uchun barqaror daromad manbai shakllanishi zarur. Biz ayni jihatdan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, - dedi viloyat hokimi. Loyiha tashabbuskori — “China Highway Vehicle Machinery Co., Ltd” kompaniyasi 1986 yilda Pekin shahrida tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning davlatga qarashli yirik sanoat kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya transport vositalari va qurilish texnikasini ishlab chiqarish hamda eksport qilish bilan shug‘ullanadi. U dunyoning ko‘plab davlatlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Uchrashuvda kompaniya tajribasidan kelib chiqib Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan, ikki bosqichdan iborat loyihani tezroq boshlash, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish lozimligi ta‘kidlandi va hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Farg‘ona mahsulotlari Quvayt va Ummonga eksport qilinadi

Yangi tayinlangan rektor jamoaga tanishtirildi


Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi