Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1662025-05-15 12:02

Farg‘ona shahrida “Central Asia – 2025”: Fan, ta‘lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292421549.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292426882.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292429413.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292432200.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292434740.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292437398.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292441216.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292446906.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292449256.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1747292451728.jpg

Farg‘ona davlat universitetining Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Buyuk Britaniya, Bolgariya, Belorussiya, Germaniya, Fransiya, Omon Sultonligi, Rossiya Federasiyasi, Malayziya kabi o‘ndan ortiq davlatlardan mutaxassis va ekspertlar, yurtimizning barcha hududlaridan kutubxonachilar, arxivarius va muzey xodimlari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov konferensiya ishtirokchilarini nufuzli anjuman bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirishga muhim e‘tibor qaratilayotgani, buning samarasida kitobxonlar safi kengayib borayotgani qayd etildi. Bu kabi ezgu sa‘y-harakatlarda axborot-kutubxona markazlarining, ularda mehnat qilayotgan xodimlarning katta xizmati borligi e‘tirof qilindi. Viloyatimizdagi axborot-kutubxona markazlarining 4 tasi yangidan qurildi, 7 tasi mukammal ta‘mirlandi. Viloyat axborot-kutubxona markazi to‘liq qayta ta‘mirdan chiqarilib, yaqinda foydalanishga topshirildi. Viloyat rahbari kitobxonlikni rivojlantirish muhim vazifa ekanligini ta‘kidlab, mazkur xalqaro konferensiya ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish, takliflar ishlab chiqish hamda muammolarga echim topishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilishini bildirdi. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva va boshqalar mamlakatimizda axborotlashtirish va kutubxonachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va dolzarb vazifalar xususida so‘z yuritdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kitobxonlik va axborot-kutubxona sohasi rivoji yo‘lidagi munosib hissasi va samarali xizmatlari uchun “Axborot-kutubxona a‘lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 15.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft