Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

962025-06-11 10:52

Farg‘ona delegasiyasi Toshkent xalqaro investisiya forumida faol ishtirok etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749621132419.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749621136803.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749621140242.jpg

Farg‘ona delegasiyasi Toshkent xalqaro investisiya forumida faol ishtirok etmoqda Toshkent shahrida IV Toshkent xalqaro investisiya forumi boshlandi. Forum doirasida mamlakatimizning investision salohiyatini namoyish etuvchi maxsus ko‘rgazma tashkil etildi. Unda mahalliy yirik kompaniyalar xalqaro investorlarga o‘z imkoniyat va loyihalarini taqdim etishmoqda. Shuningdek, panelь muhokamalari, ishbilarmonlik uchrashuvlari va hamkorlik muzokaralari ham o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjumanlarda Farg‘ona viloyati delegasiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Delegasiyaga viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov rahbarlik qilmoqda. Forum doirasida Xitoy, AQSh, Germaniya va Rossiya kabi qator davlatlarning etakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Farg‘ona viloyatining mavjud imkoniyatlari va salohiyati haqida atroflicha ma‘lumot berildi. Energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, sanoat, raqamli texnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlardagi investision loyihalar taqdim etildi. Qurilish, turizm, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, savdo-sotiq kabi yo‘nalishlarda amaliy muzokaralar olib borildi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik chora-tadbirlari yuzasidan kelishuvlarga erishildi. 12 iyunga qadar davom etadigan mazkur xalqaro forum doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ishbilarmonlar bilan yana qator kelishuvlarga erishish va yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 12.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft