Farg‘onada “Quvnoq startlar” musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi







Farg‘onada “Quvnoq startlar” musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida umumta‘lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasining viloyat bosqichi boshlandi. Ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar. Musobaqa maktab o‘quvchilarining yozgi ta‘til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sportga qiziqishlarini kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni aniqlab, munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgani ta‘kidlandi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamoaviy harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan musobaqaning viloyat bosqichida 19 ta shahar va tumandan kelgan g‘olib jamoalar qatnashmoqda. Ular “Qiziqarli estafeta”, “Chaqqonlar juftligi”, “Qo‘shaloq to‘plar baxsi”, “Chaqqon akrobatika”, “To‘p sardorda” kabi turli musobaqa shartlarida o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. Musobaqa yakunida Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiluvchi jamoa nomi aniqlanadi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlanadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘onalik pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardilar

Farg‘onada nazorat qiluvchi organlar uchun seminar tashkil etildi