Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

972025-06-11 19:15

Farg‘ona viloyati delegasiyasi Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan IV Toshkent xalqaro investisiya forumida

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749651279697.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749651286908.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749651290558.jpg

Avval xabar qilganimizdek, Farg‘ona viloyati delegasiyasi Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan IV Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etmoqda. Forum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy investorlar ishtirokida ishbilarmonlik uchrashuvlari va hamkorlik muzokaralari o‘tkazilmoqda. Bugun ham viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida Germaniya va Qatar davlatlari ishbilarmonlari, shuningdek, O‘zbekistonning Janubiy Koreya va Yaponiyadagi elchilari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqotlarda o‘zaro manfaatli investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish, Farg‘ona viloyatiga istiqbolli investisiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mehnat migrasiyasi masalalariga ham alohida e‘tibor qaratildi. Xususan, malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni xorijiy davlatlardagi yuqori daromadli ish o‘rinlariga yo‘naltirish yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan takliflar asosida tegishli idora va tashkilotlar ishtirokida hamkorlik chora-tadbirlarini ishlab chiqishga kelishib olindi. Shu kuni Farg‘ona viloyati va “Koryoin Savdo Instituti” NNT o‘rtasida almashinuv va hamkorlikni mustahkamlash niyatlari to‘g‘risidagi memorandum ham imzolandi. Ma‘lumot uchun, mazkur xalqaro forum 12 iyunga qadar davom etadi. Forum doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan investorlar bilan yana qator kelishuvlarga erishish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft